06:14 / 31.08.2020
3 397

Yerga ko‘p qavatli bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Yerga ko‘p qavatli bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda
Foto: AP
1 sentabrda 2011 ES4 asteroidi Yer yaqinidan uchib o‘tadi. Bu haqda AQSHning NASA koinot agentligi saytida ma’lum qilindi.
Agentlikning xabar berishicha, asteroid Yerga Toshkent vaqti bilan 1 sentabr soat 21:12da yaqinlashishi kutilmoqda. O‘lchami 22 metrdan 49 metrgacha bo‘lgan ushbu samo jismi sayyoramizga 120 ming km masofagacha yaqinlashadi. Taqqoslash uchun shuni keltirish mumkinki, Oydan Yergacha masofa 384,4 ming kmni tashkil qiladi. Samo jismining uchish tezligi 8,16 km/soniyani tashkil qiladi.

Asteroid 2011 yil 2 martda kashf qilingan. U “Apollon” asteroidlar guruhiga kiradi, ularning uchish yo‘li Yer orbitasi bilan kesishadi.

Avvalroq, NASA 3 noyabrga belgilangan AQSH prezidenti saylovlari arafasida Yerga 2018 VP1 asteroidi yaqinlashishi haqida xabar qilgandi. Samo jismi 2 noyabrda Yerdan 419 ming km uzoqlikda uchib o‘tadi. Asteroid o‘lchami maktab avtobusidan kichikroq bo‘lib, xavfli deb topilmagan, chunki samo jismi trayektoriyasining kompyuter modeli kelgusida uning sayyoramiz bilan to‘qnashmasligini ko‘rsatgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerga ko‘p qavatli bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda