Foto: RIA "Novosti"
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning matbuot xizmati prezident o‘z qarorgohida ekanini ma’lum qildi. Buning isboti sifatida Lukashenkoning Mustaqillik saroyida bronejilet kiygan va qo‘lida avtomat bilan tasvirlangan surati namoyish qilingan.
Ta’kidlanishicha, ushbu surat namoyishchilar saroy oldiga kelishgan vaqtda, mahalliy soat bilan 16da olingan.
Lukashenko o‘tgan yakshanba, 23 avgustdagi namoyishlar vaqtida o‘z qarorgohiga vertolyotda kelgani videosi tarqalgandi. Belarus prezidenti o‘shanda ham bronejiletda va qo‘lida avtomat bilan bo‘lgan.
30 avgustda Minskda Mustaqillik saroyi oldida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi 125 namoyishchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. Prezident qarorgohiga BTRlar kelgani, shahar markaziga BMPlar kolonnasi yo‘l olayotgani ma’lum qilingan. Saroy tomida qurollangan kishilar, taxminlarga ko‘ra, snayperlar payqalgan.
29 avgustda Minskda ko‘p minglik ayollar marshi bo‘lib o‘tgandi. Namoyishchilar kuch xizmatlari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan zo‘ravonlikka qarshi chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi