09:09 / 31.08.2020
4 120

Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi

Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi
Illustrativ foto
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh onkologi Andrey Kaprin erta tashxisni saraton kasalligining asosiy dushmani deb atadi. Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.

Shifokor koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini ta’kidlab, ayni paytda sabr-toqatli bo‘lishga va vaksinatsiyani kutishga chaqirgan.

«Biz o‘zimizga e’tiborli bshlishimiz kerak. Hamma bilishi lozimki, bizning har qanday fiziologik sekretsiyamizda – tupurikda, siydikda, najasda qon dog‘lari paydo bo‘lishi har ehtimolga qarshi onkologga tekshiruv uchun borishingiz kerakligini bildiradi», – deya qayd etdi mutaxassis.

Kaprin erta bosqichda aniqlagan o‘simtani 97 foizga davolash imkoni bo‘lishini eslatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi