Foto: AP
Boltiq davlatlari - Latviya, Litva va Estoniya Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va belaruslik yana 29 rasmiy shaxsga o‘z hududlariga kirishni taqiqladi. Bu haqda ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirliklari e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, Belarusning 30 nafar mansabdor shaxsiga noaniq muddatga Boltiq davlatlari hududiga kirish taqiqlangan.
Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalning ta’kidlashicha, Boltiq davlatlari bu sanksiyalar bilan Belarusda yuz berayotgan voqealarga jiddiy munosabatda ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Ushbu davlatlar rahbarlari Belarus rahbariyatini inson huquqlarini buzishda ayblamoqda.
“Qora ro‘yxat”ga Lukashenkodan tashqari Belarus markaziy saylov komissiyasi vakillari, Belarus prezidenti ma’muriyati xodimlari, kuch tuzilmalarining bir qator yuqori lavozimli shaxslari tushgan.
Boltiq davlatlari ushbu sanksiyalarni kiritish haqidagi qarorni 21 avgustda qabul qilgan, biroq “qora ro‘yxat” bo‘yicha kelishuvga erishish va uni rahbariyatga taqdim etish uchun 10 kun vaqt ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi