21:49 / 01.09.2020
4 161

500 ot kuchiga ega traktor Nyurburgring rekordini o‘rnatdi (video)

500 ot kuchiga ega traktor Nyurburgring rekordini o‘rnatdi (video)
Foto: Motor
Germaniyadagi Auto Motor und Sport avtomobil nashri hamda haydovchi Kristian Mensel Nyurburgringda traktorlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi. 17 tonnali Class Xerion 5000 VC’ga trassani bosib o‘tish uchun 24 daqiqayu 50,57 soniya kerak bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Class Xerion 5000 VC — Germaniyada sotiladigan eng kuchli traktorlardan hisoblanadi. U 500 ot kuchi va 2600 Nm aylanuvchi momentga ega olti silindrli 12,8 litrli dizel dvigatel yordamida harakatga keladi. Xerion 5000 VC’ning o‘ziga xosligi — boshqaruv organlari bilan 180 darajaga burila oladigan kabinaga egaligida. Traktor aynan ushbu rejimda Nordshlyayfeni bosib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 500 ot kuchiga ega traktor Nyurburgring rekordini o‘rnatdi (video)