23:30 / 01.09.2020
2 795

Moskvada 5 sentabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

Moskvada 5 sentabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi
Foto: EPA/Vostock-photo
Moskvada 5 sentbyardan Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlanadi. Shu maqsadda vaksina shahar shifoxonalari va poliklinikalariga ishchi hafta oxirigacha, ya’ni 5 sentabrgacha yetkaziladi. Ushbu emlash vaksinaning 3-bosqich sinovlari doirasida o‘tkaziladi.

Barchasi reja bo‘yicha ketmoqda. 3-5 sentabr kunlari ko‘ngillilarning skriningi davom etadi, ular barcha tahlillarni topshirishlari kerak. Shu sababli, emlash 5 sentabrdangina boshlanadi”, deb ma’lum qilgan vaksinani ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg.

26 avgustda Moskva meri Sergey Sobyanin Moskva aholisiga “Sputnik V” sinovlarida ishtirok etib, vaksina bilan emlanishni taklif qilgan. Siovlarda ishtirok etishni istaganlarga Moskva hukumati va meri portalida ariza qoldirish taklif qilingan. Umumiy hisobda sinovlarda qatnashish uchun 18 yoshdan katta va koronavirusga chalinmagan hamda sog‘lig‘ida muammolar bo‘lmagan 40 ming ko‘ngilli yig‘ilgan. Ular emlanishdan oldin skriningdan o‘tishadi, ya’ni zarur tahlillar topshirishadi va mutaxassislar maslahatlashuvidan o‘tishadi.

Ko‘ngillilar emlangandan keyin yarim yil davomida teletibbiyot texnologiyalari yordamida doimiy tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishadi. Ba’zi emlanganlar esa tana harorati va qon bosimini o‘lchovchi bilakuzuklar bilan ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada 5 sentabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi