21:46 / 02.09.2020
3 993

Antalyada rossiyalik sayyohlar turk aktyori Murat Yildirimni qo‘rqitib yubordi

Antalyada rossiyalik sayyohlar turk aktyori Murat Yildirimni qo‘rqitib yubordi
Foto: Haberimport.com
Turkiyaning Antalya shahrida dam olayotgan aktyor Murat Yildirimni bir guruh muxlislari — rossiyalik sayyohlar qo‘rqitib yubordi, deb xabar berdi «RusTurkey.com».
Ta’kidlanishicha, aktyorni tanigan fanatlar u bilan birga suratga tushishni, dastxat olish va ingliz tilida suhbatlashishni istagan.

«Men hamisha muxlislar bilan muloqotda bo‘laman. Lekin mavjud koronavirus sabab, olomon menda qo‘rquv uyg‘otdi. Bugun biz masofaga amal qilishimiz kerak, koronavirus bor va u hech qayerga yo‘qolgani yo‘q, shuning uchun barchani ehtiyot bo‘lishga chaqiraman», — degan aktyor.

Ma’lumot uchun «Osiyo», «Sevgi va jazo» filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Murat Yildirim ​o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Skorpion» filmida ham rol ijro qilgan.​ «Ichimdagi tug‘yon» filmidagi ijrosidan keyin «Oltin apelsin» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antalyada rossiyalik sayyohlar turk aktyori Murat Yildirimni qo‘rqitib yubordi