12:50 / 03.09.2020
2 248

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, undan 500 ming tenge talab qilganlar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, undan 500 ming tenge talab qilganlar qo‘lga olindi
Kadr: YouTube
Qozog‘istonning Atirau viloyatida ikki nafar noma’lum shaxs O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, unga nisbatan zo‘ravonlik qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.

Qayd etilishicha, garovdagi odam ma’lum vaqt o‘tgach, 500 ming tenge (qariyb 1200 AQSH dollari) miqdorida pul olib kelish sharti bilan qo‘yib yuborilgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan viloyatdagi huquq-tartibot idoralarining navbatchi qismiga ariza bilan murojaat qilgan. Gumonlanuvchilar politsiya va milliy xavfsizlik departamenti xodimlarining qo‘shma tezkor tadbiri davomida ushlangan.

Ikkala gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan: ulardan biri 1983 yilda Atirauda tug‘ilgan, uning sherigi esa 1979 yilda Jilioy tumanida tug‘ilgan va shu yerda yashab kelayotgan fuqarolar bo‘lgan.

Ayblanuvchilardan biri muqaddam sudlangan fuqaro bo‘lib chiqdi va u hozirda tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Boshqa bir gumondorga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Departament axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan sudga qadar tergov jarayoni davom etmoqda. Gumonlanuvchilarning diniy oqimga aloqadorligi yuzasidan ham ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, undan 500 ming tenge talab qilganlar qo‘lga olindi