19:40 / 03.09.2020
2 395

Qirg‘izistonlik oqin prezident So‘ranbay Jeenbekovga korrupsiya haqida qo‘shiq kuylab berdi (video)

Qirg‘izistonlik oqin prezident So‘ranbay Jeenbekovga korrupsiya haqida qo‘shiq kuylab berdi (video)
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist, improvizator-oqin Aali Tutkuchev 31 avgust kuni Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram konsertida mamlakat prezidenti So‘ranboy Jeenbekov va boshqa yuqori martabali amaldorlar qarshisida chiqish qildi. Kloop nashrining yozishicha, oqin qo‘muz (torli musiqa cholg‘usi) jo‘rligida qirg‘iz xalqining mustaqillik uchun kurashi va koronavirusga qarshi birdamligi to‘g‘risida qo‘shiq kuylagan.

Bundan tashqari, u koronavirus oqibatida vafot etgan taniqli san’at namoyondalari, siyosatchilar va din vakillarini sanab o‘tgan.
Shu bilan birga, Aali Tutkuchev o‘z chiqishining asosiy qismini mamlakatdagi muammolarga — bojxona xizmatidagi, sud tizimi va saylovlardagi korrupsiyaga bag‘ishlagan.

U xalqdan yashirincha o‘g‘irlayotganlarni, «tanish-bilishi» yo‘qlarni haqorat qilishlari, bojxonadagi postlarning ko‘pligi, savodsizlarning sochdan ham ko‘pligi to‘g‘risida kuylagan.

Oqin o‘z chiqishida muammoni bartaraf etish uchun davlat tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirishni taklif etgan.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
2019 yilda Qirg‘iziston har yili Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan Korrupsiya indeksida 180 ta o‘rindan 126-pog‘onani band etgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qozog‘iston yuqoriroq o‘rinni egallagan — 113-o‘rin. O‘zbekiston va Tojikistonga 153-o‘rin, Turkmanistonga esa 165-o‘rin nasib etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonlik oqin prezident So‘ranbay Jeenbekovga korrupsiya haqida qo‘shiq kuylab berdi (video)