10:35 / 05.09.2020
2 766

Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi

Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi
Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) o‘zining rasmiy ma’shuqasi Sininat Vongvatjirapakdining unvonini tikladi. U o‘tgan yili konsort va general mayor unvonidan mahrum bo‘lgandi, deb yozmoqda The Bangkok Post.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, Sininat Vongvatjirapakdi pandemiya vaqtida Tailand qiroli ko‘chib o‘tgan Germaniyaga uchib kelgan. Monarx uni aeroportda shaxsan o‘zi kutib olgan.

35 yoshli Sininat Vongvatjirapakdi sobiq hamshira bo‘lib, 2015 yilda qirol qo‘riqchilari a’zosiga aylangan. U qirollikda rasmiy ma’shuqa unvonini 2019 yilning iyulida, Tailandning 68 yoshli qiroli rasman to‘rtinchi marta uylanganidan ikki oy o‘tib olgan.

2019 yilning oktabrida Sininat Vongvatjirapakdi qirol g‘azabiga uchragan. U nafsoniyatga haddan ortiq berilgani va egrilik qilganlikda ayblanib, hamma unvonlaridan mahrum etilgan. U go‘yoki qirolicha o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan. Shundan keyin Tailanddagi maxsus qo‘riqlanadigan qamoqxonada saqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi