18:09 / 05.09.2020
2 113

Nemislar xayriya maqsadlari uchun bir yilda necha pul sarflashi ma’lum qilindi

Nemislar xayriya maqsadlari uchun bir yilda necha pul sarflashi ma’lum qilindi
Foto: DPA
Keyingi yillarda nemislar yiliga 5 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ni xayriya uchun sarflashgan. Bu haqda Germaniya xayriya tashkilotlari kengashi ma’lumotida aytilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Germaniya fuqarolari 2018 yilda 5,33, 2019 yilda 5,13 mlrd yevro pulni xayriya tashkilotlariga berishgan. Xayriya mablag‘lari muhtojlarga, tabiiy ofatlar qurbonlari, og‘ir ahvoldagi bemorlar, qochqinlar va cherkov tashkilotlariga sarflanadi.

Germaniya aholisi eng ko‘p xayriyani 2015 yilda – Yevropada migratsion inqiroz kuchaygan va Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘lganida berishgan (5,54 mlrd yevro).

Mamlakatda xayriya miqdori kishi boshiga o‘rtacha 35 yevroga to‘g‘ri keladi. Ammo pensionerlar bundan ham ko‘proq pulni xayriya uchun sarflaydi. Gumanitar tashkilotlarga kelib tushadigan pullarning 40 foizdan ortig‘i yoshi 70dan oshgan kishilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Statistikaga ko‘ra, Germaniyaning 70 yoshdan oshgan har bir fuqarosi yiliga o‘rtacha 344 yevro mablag‘ni xayriya qiladi.

Germaniyada o‘smirlar va bolalar ham xayriya qilishadi, faqat bu maktab loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemislar xayriya maqsadlari uchun bir yilda necha pul sarflashi ma’lum qilindi