10:00 / 06.09.2020
1 952

Tramp tarafdorlari paradida bir nechta kater cho‘kib ketdi

Tramp tarafdorlari paradida bir nechta kater cho‘kib ketdi
Foto: Fox news
AQSHning Texas shtatidagi Trevis ko‘lida AQSH prezidenti Donald Tramp tarafdorlari tashkillashtirgan qayiqlar paradida bir nechta kater cho‘kib ketdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Mahalliy sherif idorasida ma’lum qilinishicha, ko‘lda Tramp sharafiga o‘tkazilayotgan paradda bir nechta kater cho‘kayotgani haqida qo‘ng‘iroq tushgan.

The New York Times nashrining xabar berishicha, kamida 4 ta kater cho‘kib ketgan. Jabrlanuvchilar haqida ma’lum qilinmagan. Voqea sabablari hozircha noma’lumgicha qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parad Facebook orqali tashkillashtirilgan. Tadbirning ijtimoiy tarmoqdagi guruhida paradga 2,6 ming kishi tashrif buyurmoqchi bo‘lgani ma’lum qilingan. Paradda ishtirok etishga barcha o‘lcham va shakldagi qayiqlar taklif etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp tarafdorlari paradida bir nechta kater cho‘kib ketdi