23:08 / 06.09.2020
3 361

Omma oldiga baland poshnali tufli kiyib chiqqan Donald Tramp kulgiga qoldi

Omma oldiga baland poshnali tufli kiyib chiqqan Donald Tramp kulgiga qoldi
Foto: @cmarsh249
AQSH prezidenti Donald Trampning omma oldiga baland poshnali tufli kiyib chiqishi internet foydalanuvchilari tomonidan tanqid qilindi. Bu haqda Twitter ijtimoiy tarmog‘ida tegishli fotosurat va sharhlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp amerikalik qora tanli fuqaro Jeykob Bleykka qarshi otishmadan keyin ommaviy tartibsizlik, aholi va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida kelib chiqqan vayronalikni baholash uchun Amerikaning Viskonsin shtatidagi Kenosha shahriga tashrif buyurgan.

Paparatsiyalar prezidentni ko‘k rangli klassik kostyum, oq ko‘ylak va qizil bo‘yinbog‘da suratga olgan. Shuningdek, internet foydalanuvchilarining fikricha, u balandligi 10 santimetrni tashkil etadigan qora poshnali tufli ham kiygan.

Internet olamida tarqalishga ulgurgan fotosuratda Tramp kulgi ostida qolgan. «Nega u poshnali tufli kiyib olgan? Biroz pardoz, parik kiyishini ham tushunaman, poshnali tufli nima uchun?», − deb yozadi @Michael94891468.

«Bu shunchaki poshna emas, undan ham balandroq tufli», − deya ta’kidlaydi @PeterSue11.

«Qachondan beri bo‘yi ikki metrli odam poshnali tufli kiyadigan bo‘ldi? U bundan biron nimada foydalangan», − deb xulosa qildi @SalemBinx.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Omma oldiga baland poshnali tufli kiyib chiqqan Donald Tramp kulgiga qoldi