15:10 / 07.09.2020
1 920

Minskda noma’lum shaxslar muxolifatchi Mariya Kolesnikovani o‘g‘irlab ketishdi

Minskda noma’lum shaxslar muxolifatchi Mariya Kolesnikovani o‘g‘irlab ketishdi
Foto: TASS
Minsk markazida Belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi raisi Mariya Kolesnikova yo‘qolib qoldi, deb xabar berdi TUT.BY portali voqea guvohining so‘zlariga tayanib.

Guvohning aytishicha, soat 10larda milliy badiiy muzey yaqinida niqobli shaxslar Kolesnikovani ushlab mikroavtobusga o‘tqizishgan va noma’lum tomonga olib ketishgan.

Kolesnikovaning telefoni yoniq, lekin u qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti, deb qayd etmoqda TUT.BY.
Muvofiqlashtirish kengashi matbuot kotibi Rodnenkovning so‘zlariga ko‘ra, Kolesnikova shahar markaziga ish bilan borgan. Soat 11dan so‘ng Rodnenkovning ham telefoni o‘chgan.

"Mariya va Anton qayerdaligini bilmayman va ular bilan bog‘lana olmayapman”, — degan muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a’zosi Maksim Znak.

Avvalroq Belarusda muxolifatning muvofilashtirish kengashi tuzilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Yakshanba kuni kengashning yana bir a’zosi Andrey Yegorov qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minskda noma’lum shaxslar muxolifatchi Mariya Kolesnikovani o‘g‘irlab ketishdi