00:30 / 08.09.2020
2 315

Aktyor Tom Kruz suratga olish vaqtida xavfli tryukni bajardi (foto)

Aktyor Tom Kruz suratga olish vaqtida xavfli tryukni bajardi (foto)
Foto: : Instagram/christophermcquarrie
Amerikalik mashhur aktyor, katta yoshiga qaramay hanuzgacha filmlardagi xavfli sahnalarni o‘zi bajaradigan sanoqli yulduzlardan biri Tom Kruz navbatdagi marta o‘z muxlislarini hayratlantirdi.

Aktyor “Bajarib bo‘lmas vazifa” filmining 7-qismida suratga tushishni boshladi. Kruz suratga olish jarayonida xavfli sahnalardan birini dublyorsiz o‘zi bajardi.

58 yoshli aktyor tog‘dan motosiklda sakragan. Bularning barchasi Norvegiyadagi ulkan tog‘ tramplinida yuz bergan. Ushbu sahnani suratga olish uchun maqbul ob-havoni bir necha kun kutishga to‘g‘ri kelgan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, Kruz tryukni bir necha marta bajargan. Bu hodisa ortidan uning muxlislari kuzatib turgan.
Tryukka tayyorgarlik ishlari ancha vaqt olgan. Jumladan, tramplin uch hafta davomida qurilgan.

Avvalroq aktyor ushbu filmning suratga olish jarayonida boshqa bir tryukni bajarish vaqtida avariyaga uchragandi.
“Bajarib bo‘lmas vazifa 7” (Mission: Impossible 7) filmi premerasi 2021 yil noyabriga belgilangan. Filmning keyingi – 8-qismi esa 2022 yilda ekran yuzini ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Tom Kruz suratga olish vaqtida xavfli tryukni bajardi (foto)