Foto: Stringer / RIA Novosti
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Facebook’dagi sahifasida Gruziya hukumatiga rahbarlik qilishga tayyorligini bildirdi. “Novosti-Gruziya” nashrining xabar berishicha, siyosatchi buning uchun ikkita shart qo‘ygan.
“Shuni aytmoqchimanki, men to‘liq muddat bosh vazir bo‘lmayman, uzog‘i bilan ikki yil. Chunki shu ikki yil mamlakatni botqoqdan chiqarish va tezda olg‘alab ketish uchun yetarli bo‘ladi”, deb aytgan Saakashvili.
U ikkinchi shart sifatida mamlakatda “qarama-qarshilik va tartibsizliklar” bo‘lmasligi kerakligini aytgan. “Men o‘z vaqtida hokimiyatni tinchlik bilan topshirganman va hokimiyat tepasiga tartibsizliklar yo‘li bilan kelmoqchi emasman”, deb ta’kidlab o‘tgan siyosatchi.
U shu videomurojaatida prezidentligi vaqtida xatolarga yo‘l qo‘yganini tan olgan. “Hech narsa qilmaydigan odamgina xato qilmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Saakashvili. U Gruziyani boshqargan vaqtda AQSH prezidenti “Gruziyani demokratiyaning dunyo ko‘lamidagi mayog‘i” deb ataganini eslatib o‘tgan.
Avvalroq Gruziyaning muxolif partiyasi “Yagona milliy harakat” va “Kuch birlikda” muxolif birlashmasi Saakashvili nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surgan.
Gruziyada navbatdagi parlament saylovlari 31 oktabrga belgilangan. Unda “Yagona milliy harakat”dan tashqari, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi ham ishtirok etadi.
Saakashvili Gruziyani 2008-2013 yillar davomida boshqargan. 2013 yilda saylovlarda yutqazgandan keyin mamlakatni tark etgan. Shundan keyin unga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi