08:39 / 11.09.2020
3 245

Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llaniladi

Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llaniladi
Rossiya IIV nomaqbul chet elliklarni aniqlash uchun yuzni tanib olish tizimini ishga soladi, ularning barchasi cheklovlar olib tashlangandan so‘ng mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda “Rossiya segodnya” XAAdagi matbuot anjumanida Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.

Agar sun’iy intellekt haqida gapiradigan bo‘lsak, biz haqiqatdan uni qo‘llaymiz. Bu yuzni tanib oluvchi tizim. Qonunchilikni buzayotgan va ularning mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorga qaramasdan Rossiya hududini tark etmayotgan chet el fuqarolari toifasi bor. Bunday holatda yuzni tanib olish tizimi ularni va ularning yashash joyini aniqlaydi. Biz ularni Rossiya hududidan chiqarib yuborish uchun chora ko‘ramiz”, - dedi Kazakova.

U Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan moratoriy tufayli nomaqbul chet elliklarda cheklovlar olib tashlangandan keyin mamlakatdan chiqarib yuborlishini ma’lum qildi.

Hozirda biz bu ma’lumotlarni to‘plamoqdamiz va cheklovlar olib tashlanishi bilanoq, biz bu texnologiyalarni qo‘llaymiz, yashash manzillarni aniqlaymiz va qonunbuzarlarni Rossiyadan chiqarib yuboramiz”, - dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llaniladi