16:30 / 12.09.2020
1 749

AQSHda mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirish to‘xtatiladi

AQSHda mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirish to‘xtatiladi
Foto: Reuters
AQSH mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda, deb yozadi ATOR Amerika OAVga tayanib.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, aeroportlarda yo‘lovchilarning salomatligini tekshirish samarasiz bo‘lib chiqqan.

Yanvardan boshlab yuqori xatar guruhidagi mamlakatlar (Xitoy, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Braziliya, Eron va Shengen kelishuvi mamlakatlari) fuqarolari AQSHning belgilangan 15 aeroportiga kelishlari mumkin edi. Ularning haroratlari o‘lchandi, "salomatlik deklaratsiyasi" so‘raldi va aloqa ma’lumotlari olindi.

AQSH transport xavfsizligi boshqarmasi vakilining aytishicha, tekshiruvdan o‘tkazilgan 675 ming yo‘lovchidan atigi 15ga yaqinida (0,002 foiz) virus aniqlangan. Shunday qilib, tizim samarasiz bo‘lib chiqdi: faqat pul va mutaxassislarning vaqti va mehnati sarflangani qoldi. Yo‘lovchilarni kasallikka tekshirish 14 sentabrdan to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirish to‘xtatiladi