07:30 / 15.09.2020
3 811

Nogiron itning yo‘ldan o‘tishiga yordam berayotgan ikki mushuk (video)

Nogiron itning yo‘ldan o‘tishiga yordam berayotgan ikki mushuk (video)
Kadr: YouTube
Rossiyaning Krasnodarsk o‘lkasida avtomobil haydovchisi videoregistrator yordamida ikkita mushuk nogiron itni yo‘ldan o‘tkazib qo‘yayotganini videoga oldi, deb yozadi Esquire.

Videodan ko‘rish mumkinki, it harakatlanishga juda qiynalgan — u old panjalari bilan tayanib yurishga uringan, orqa panjalari esa sudralgan.

Mushuklar esa dumini tikka ko‘targan holda itga hamrohlik qilgan. Video ostiga qoldirilgan izohlarga ko‘ra, jonivorlar bu orqali o‘z do‘stiga yordam berishga shay ekanligini ko‘rsatib qo‘ygan va itga yordam kerakligini bildirish maqsadida boshqalar e’tiborini tortishga uringan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nogiron itning yo‘ldan o‘tishiga yordam berayotgan ikki mushuk (video)