10:10 / 16.09.2020
3 307

Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketdi

Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketdi
Foto: The Weyek
Grenlandiyadagi eng yirik shelf muzligidan maydoni 110 kvadrat kilometr bo‘lgan muz bo‘lagi ajralib chiqdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu muz bo‘lagining ajralishi iqlim o‘zgarishi juda tez yuz berayotganidan darak beradi.

Germaniyaning Erlangen—Nyurnberg universiteti mutaxassisi Jenni Turtonning aytishicha, Grenlandiyada so‘nggi 40 yil ichida havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha uch darajaga ko‘tarilgan. 2019 va 2020 yillarda esa eng yuqori harorat qayd etilgan.

Foto: The Weyek
Mayda qismlarga bo‘linib ketgan 79N nomli muzlik 2019 yilda chuqur yoriqlar bilan qoplangandi. 2020 yilning issiq yozi esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiyadagi eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketdi