10:50 / 17.09.2020
2 421

Tergovchilarning xatosi tufayli 37 yil qamoqda o‘tirgan AQSH fuqarosi oqlandi

Tergovchilarning xatosi tufayli 37 yil qamoqda o‘tirgan AQSH fuqarosi oqlandi
Foto: «The Guardian»
AQSH sudi qilmagan jinoyati uchun 37 yil turmada o‘tirib chiqqan odamni oqladi, deb yozadi «The Guardian» gazetasi.

Ta’kidlanishicha, Robert Dyubua ismli amerikalik 1983 yilning boshlarida 19 yoshli qizga nisbatan jinoyat qilishda ayblanib qamalgan. Eng ajablanarlisi, yigitni dastlab o‘lim jazosiga hukm qilishgan. Yaxshiyam, ma’lum vaqtdan so‘ng hukm umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.

Yaqinda hukm tahlil natijalariga asoslanib chiqarilgani fosh bo‘ldi. Eng qizig‘i, tahlil namunalari ayblanuvchiga tegishli emas. DNK-namunalariga ko‘ra, mahbusning jinoyatga hech qanday aloqasi yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tergovchilarning xatosi tufayli 37 yil qamoqda o‘tirgan AQSH fuqarosi oqlandi