10:53 / 18.09.2020
3 162

Gvineya prezidenti mehnat vazirini ko‘chada do‘pposlab ketdi (video)

Gvineya prezidenti mehnat vazirini ko‘chada do‘pposlab ketdi (video)
Internetda Gvineya Rspublikasi prezidenti, 83 yoshli Alfa Konde ko‘chada hammaning oldida mehnat vazirini do‘pposlab ketgani videosi tarqaldi. Ushbu video Milli Gazete turk nashri saytida e’lon qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gvineya prezidenti vazirni o‘z majburiyatlarini yetarlicha darajada bajarmaslikda va ishiga sovuqqon munosabatda bo‘lishda ayblab, o‘zini tuta olmay, jahl ustida vazirni ko‘chada ura boshlagan.

Vazir prezidentning zarbalariga chap berib, qochishga uringan. Alfa Konde navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishga qaror qilgan. Bu esa uning raqiblari noroziligiga sabab bo‘lgan. Agar Konde saylovlarda g‘alaba qozonsa, bu uning prezident lavozimidagi 3-muddati bo‘ladi.

2020 yil martda Gvineyada mamlakat konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritish bo‘yicha referendum o‘tgan edi. Konde tarafdorlarining aytishicha, u bu islohot evaziga yana bir marta saylovlarda qatnashish imkonini qo‘lga kiritgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gvineya prezidenti mehnat vazirini ko‘chada do‘pposlab ketdi (video)