21:50 / 19.09.2020
2 363

Xitoy kompaniyalari iPhone ishlatayotgan xodimlarini ishdan bo‘shatyapti

Xitoy kompaniyalari iPhone ishlatayotgan xodimlarini ishdan bo‘shatyapti
AQSH hukumati tomonidan Huawei korporatsiyasiga nisbatan yangi sanksiyalarning qo‘llanilishiga javoban Xitoy kompaniyalari ham ma’lum bir tartiblarni joriy etdi. Ular vatanparvarlik namoyon etib, o‘z xodimlarini amerikaliklarning mahsulotlaridan foydalanmaslikka chaqirishmoqda.

Jumladan, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. kompaniyasi o‘z xodimlari uchun yangi qoidalar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu qoidalar ro‘yxati qisqa va aniq:
- Barcha xodimlar iPhone ishlatishni to‘xtatishlari shart;
- Endi iPhone sotib olgan har qanday xodim ishdan bo‘shatiladi;
- Huawei telefonlaridan xarid qilganlarga kompaniya 15 foizlik kompensatsiya to‘laydi.

Shuningdek, Apple smartfonlaridan tutayotgan xodimlar 30 kun ichida uni istalgan bir xitoylik ishlab chiqaruvchining telefoniga almashtirishlari lozim. Aks holda bunday xodim o‘z vazifasidan ozod qilinadi.

Mydrivers nashrining yozishicha, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. – o‘z xodimlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilar telefonlariga o‘tishni talab etayotgan yagona kompaniya emas. Ayrim hollarda esa ish beruvchilar aynan Huawei smartfonlarini sotib olishga da’vat etishyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy kompaniyalari iPhone ishlatayotgan xodimlarini ishdan bo‘shatyapti