21:31 / 20.09.2020
5 789

Shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan turk aktyorlari (foto)

Shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan turk aktyorlari (foto)
Aktyor daromadi o‘zgaruvchan. Ularning barchasidan ham doimiy ravishda suratga tushish talab etilavermaydi. Ammo yil davomida bir yoki ikki filmda ko‘rinish beradigan aktyorlar o‘zlarining faoliyatidan tashqari qo‘shimcha daromad keltiruvchi biznes bilan shug‘ullanadi. Quyida qo‘shimcha biznesni yo‘lga qo‘ygan aktyor va aktrisalar bilan tanishish mumkin.

Foto: Yandeks Dzen
«Chilparchin» seriali aktyori mashhur Erkan Pettakay—restoran egasi. U Istanbul shahridagi Beykoz tumanida joylashgan restoranlarning biriga egalik qiladi. Aktyorga tegishli restoranda yong‘in ham kelib chiqqan, yaxshiki, u barcha xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rib qo‘ygan edi.

Foto: «film.ru»
«Chuqur» seriali bilan tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy ham tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan aktyorlardan. Aktyorning choy ishlab chiqaradigan xususiy kompaniyasi mavjud. Ayni damda aktyor o‘z mahsulotini AQSH savdo tarmoqlarida sotuvga qo‘ygan. Chagatay ishlab chiqarayotgan choy mahsuloti hozirda urf bo‘lgan yaxna ichimlik kabidir.

Foto: Yandeks Dzen
«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Merve Bolugur dastlab ma’lum muddat davomida Maybelline kosmetika brendining Turkiyadagi yuzi bo‘lgan va o‘zining ham kosmetik vositalariga asos solgan. Aktrisa qizil lab bo‘yog‘ini yaxshi ko‘rganligi uchun, avvalo, e’tiborini shunga qaratishdan boshladi. Ammo ko‘p o‘tmay aktrisa kasodga uchradi hamda kosmetika brendini tugatdi.

Foto: «KinoTeka»
«Muhtasham yuz yil» seriali qahramoni Engin O‘zturk do‘sti yulduz Barish Arduch bilan sheriklikda biznes boshlagan. Do‘stlar Istanbulning obro‘li Nishantashi tumanida tungi klubga ega.

Foto: Yandeks Dzen
Bir necha serial orqali tanilib, son-sanoqsiz muxlislarga ega bo‘lgan Burak O‘zchivit ham o‘zini restoran biznesida sinab ko‘rdi. Aktyorning Istanbulda «Balibey Doner» nomi ostida qahvaxonasi bor.

Foto: Joinfo
«Muhtasham yuz yil» serialining bosh qahramoni Maryam Uzerli esa boshqa davlatda biznesini yo‘lga qo‘ydi. U Germaniyaning poytaxti Berlinda «Nosh Nosh» nomli ajoyib va shinam qahvaxona ochdi. Maryam Uzerli qahvaxona eshigiga «Marhamat, o‘zingizni uyingizdagidek his eting va mahsulotlarimizdan bahramand bo‘ling», − deb yozdirib qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan turk aktyorlari (foto)