15:30 / 21.09.2020
4 073

Bayden adashib 200 million kishini «ko‘mib yubordi»

Bayden adashib 200 million kishini «ko‘mib yubordi»
Foto: «Facebook»
AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden raqam va faktlarni keltirishda ba’zida «qovun tushirib» turadi. Bu safargisi hammasidan oshib tushdi.

O‘z saylovchilari bilan uchrashuvda raqibi Trampni tanqid qilishga berilib ketgan Bayden 200 million amerikalik koronavirusdan o‘lishini bashorat qildi.

«Agarda Donald Tramp o‘z bilganidan qolmasa, COVID-19 bo‘yicha vaziyat yanada og‘irlashib ketadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, men so‘zimni yakunlagunimga qadar 200 million kishi o‘lishi mumkin», — dedi Bayden.

Ma’lumot uchun: AQSH aholisi 328 million kishi. Aftidan, Bayden nullarni (minglarni millionga) adashtirib yuborgan, chunki mamlakatda koronavirusdan qurbonlar soni u nutq irod qilayotgan paytda 199 ming nafarga yetgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden halok bo‘lgan amerikalik askarlarga bag‘ishlangan nutqida Eron va Iroqni adashtirib yuborgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden adashib 200 million kishini «ko‘mib yubordi»