14:00 / 23.09.2020
2 276

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi
Foto: «Moskva» AA
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni ishlab chiqish va tadqiq etish federal ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda markaz ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu vaksinada yuqumli kasalliklar keltirib chiqara olmaydigan susaytirilgan yoki yo‘q qilingan, ya’ni inaktivatsiyalangan viruslardan foydalaniladi.

Yangi vaksina sinovlari tez orada boshlanadi va Kirov, Sankt-Peterburg, Novosibirskda o‘tkaziladi. Ularda uch mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi. Chumakov markazida ta’kidlanishicha, u «Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining talablariga muvofiq amalga oshiriladi va tadqiqotlarning ishonchi ilmiy ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi».

Emlashdan so‘ng ko‘ngillilar kasalxonada 16 kun davomida izolyatsiya qilinadi, ularning ahvoli shifokorlar tomonidan nazorat qilinadi. Markaz bosh direktori Aydar Ishmuhametovning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotni noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Ayni paytda Rossiyada koronavirusga qarshi faqat bitta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan — Gamaleya nomidagi markazning «Sputnik V» vaksinasi. U avgust oyida klinik sinovlar tugashidan oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining ikkinchi mahalliy «Vektor» vaksinasi ham sinov bosqichida.

«Vektor»dan tashqari Rossiyada ikkita chet el vaksinasi: Xitoyning Sinofarmi va Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. AQSHda 9 sentabr kuni AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ygan, bunga bemorlardan birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab bo‘lgandi. Oradan bir necha kun o‘tib sinovlar yana davom ettirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishga ruxsat berildi