Foto: Twitter/BFMTV
Parijdagi qahvaxona va barlar egalari hukumatning koronavirusga qarshi kurash doirasidagi yangi cheklov choralaridan norozi bo‘lib namoyishga chiqishdi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, aksiya Leon Blyum nomidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar qahvaxona va barlar dushanbadan boshlab soat 22:00gacha yopilishidan norozi bo‘lishmoqda.
Avvalroq Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakat aholisini koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli o‘zaro muloqotni kamaytirishga chaqirgandi.
U shuningdek, koronavirus tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan hududlardagi ish beruvchilarni masofadan ishlash muddatini uzaytirishga chaqirdi. Bordo, Lill, Nitssa, Parij va Tuluza ana shunday hududlar sirasiga kiradi.
Fransiyada bugunga qadar koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 480 mingga yaqin holat qayd etilgan, 31 mingga yaqin kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?