2 591
Xarkovdagi aviahalokatda omon qolgan kursant haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Zelenskiy uni ko‘rgani bordi
Foto: Telegram / Zelenskiy / Officia
25 sentabr kuni sodir bo‘lgan Xarkovdagi aviahalokatda omon qolgan kursant haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 20 yoshli Vyacheslav Zolochevskiy samolyot qulayotganda o‘zini yerga tashlashga ulgurgan va omon qolgan. U bilan birga o‘zini tashlagan yana bir yigit kasalxonada halok bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy falokatda omon qolgan Vyacheslav Zolochevskiy yotgan harbiy kasalxonaga uni ko‘rgani bordi.
«20 yoshli Vyacheslav Zolochevskiy bugun o‘zining ikkinchi tug‘ilgan kunini nishonlamoqda desak ham bo‘ladi. Vyacheslav do‘stlari bilan birga uchgan samolyotning bo‘laklari yaqinida o‘ziga kelgan. U bilan birga yana bir yigit o‘zini tashlagan va u olov ichida qolgandi. Slava (ya’ni, Vyachechlav) uni qutqarish uchun jon jahdi bilan harakat qiladi va yana bir kursantga ham omon qolish imkonini beradi. Afsuski, u halok bo‘ldi.
Bu o‘lim bilan kurash maydonidagi qahramonlik. Vyacheslav, senga ikkinchi imkon bejizga taqdim etilmadi. Ukraina sen bilan faxrlanadi. O‘sha dahshatli tunni va ko‘rgan-kechirganlaringni unutishda senga kuch tilayman. Halok bo‘lganlarni esa aslo unutmaymiz», deb yozdi Vladimir Zelenskiy o‘zining telegram-kanalida.
Vyacheslav Zolochevskiyning holati o‘rta og‘ir deb baholanmoqda. Kursantning hushi o‘zida va u Zelenskiy bilan gaplashgan ham. Uning aytishicha, barchasi juda tez sodir bo‘lgan va nima bo‘lganini anglash qiyin bo‘lgan. Zolochevskiyga ko‘ra, ekipaj va kursantlar tanish bo‘lgan. Ular birga parvoz ham qilishgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga yaqin binolardan biriga o‘rnatilgan kamerada aviahalokatning qanday sodir bo‘lgani taxminan ko‘ringan. Unda samolyot qo‘nishni amalga oshirayotib portlab ketgani ko‘rish mumkin.
26 sentabr kuni Kiyev vaqti bilan soat 20:45 da Ukrainaning Xarkov viloyatida aviahalokat sodir bo‘ldi. Xarkov – Kiyev trassasining 530-kilometrida An-26 harbiy transport samolyoti qulab tushib, oqibatda 26 kishi halok bo‘lgan. Samolyotda 7 nafar ekipaj a’zosidan tashqari 20 nafar sinov parvozini amalga oshirish uchun chiqqan Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Havo Kuchlari universiteti kursantlari ham bo‘lgan.
Oldinroq Vladimir Zelenskiy 26 sentabrni Ukrainada motam kuni deb e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi