11:44 / 29.09.2020
2 909

Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatladi

Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatladi
Foto: «Sputnik»
Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ hududida yuzaga kelgan mojaroda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ hududi Ozarbayjonning bir qismi sifatida xalqaro miqyosda tan olingan.

«Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ning egallab olinishi to‘xtatilishini talab qiladi. Bu yo‘nalishda Ozarbayjon xalqi va hukumati hamda boshqa davlatlarning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi bayonotda.

Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy harakatlar 27 sentabrda qayta boshlandi. Har ikki mamlakatda ham harbiy holat e’lon qilindi va safarbarlik boshlandi. Ikkala tomon ham bir-birlarini tajovuzda ayblamoqda va o‘zlarining muvaffaqiyatli javob harakatlari haqida xabar berib bormoqda.

Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda artilleriya va og‘ir texnikadan foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ozarbayjon va Armanistonni harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatladi