07:35 / 30.09.2020
3 562

Ilhom Aliyev «ozod qilingan hududlarda» Ozarboyjon bayroqlari ko‘tarilganini aytdi

Ilhom Aliyev «ozod qilingan hududlarda» Ozarboyjon bayroqlari ko‘tarilganini aytdi
Foto: AP Photo / Azerbaijani Presidential Press Office
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ning Ozarboyjon armiyasi egallagan hududlarida mamlakat bayroqlari ko‘tarilganini aytdi. Bu haqda Haqqin.az xabar bermoqda.

«Qarshi hujum natijasida bosib olingan ayrim hududlar ozod qilindi. Ozod qilingan hududlarda Ozarboyjon bayrog‘i ko‘tarildi», — dedi Aliyev Pokiston elchisi bilan suhbatda.

Aliyevning ta’kidlashicha, «muvaffaqiyatli qarshi hujum operatsiyasi davom etmoqda».

«Biz o‘z yerimizda jang qilyapmiz. Tog‘li Qorabog‘ – Ozarboyjonning tarixiy qismi. Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjonning ajralmas qismi hisoblanadi va xalqaro hamjamiyat Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan oladi», — dedi u.

Tog‘li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar 27 sentabrda boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev «ozod qilingan hududlarda» Ozarboyjon bayroqlari ko‘tarilganini aytdi