20:30 / 30.09.2020
881

Tramp qancha miqdorda daromad solig‘i to‘laganini ma’lum qildi

Tramp qancha miqdorda daromad solig‘i to‘laganini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Donald Tramp saylovoldi debatlar paytida so‘nggi yillarda u millionlab dollar daromad solig‘ini to‘laganini va bundan qochmaganini aytdi. Bu haqda CBS News’ga tayanib «RBK» xabar qildi.

«Men millionlab dollar soliq to‘ladim. Bir yilda 38 million dollar to‘laganman, boshqa yilda esa 27 million dollar to‘laganman», – dedi prezident. Biroq u gap qaysi yillar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Tramp, shuningdek, soliq deklaratsiyalari tayyor bo‘lgandan keyin ularni e’lon qilishga va’da berdi.

Avvalroq The New York Times gazetasi Tramp o‘n yildan beri federal daromad solig‘ini to‘lamaganligi haqida xabar bergan edi. Gazetaning yozishicha, 2016 va 2017 yillarda u faqat 750 dollar federal daromad solig‘ini to‘lagan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, prezident o‘z biznesida daromaddan ko‘ra ko‘proq zararga kirayotgani to‘g‘risida xabar berish orqali soliq to‘lashdan qochadi.

Nashr avvalroq Trampni soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblagan edi. Jurnalistlar 2016 yilda prezident 1995 yilda moliyaviy yo‘qotishlar tufayli soliqlarni so‘nggi 18 yil ichida to‘lamaslik uchun qonuniy asosga ega ekanligini yozgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)