16:28 / 02.10.2020
2 029

Ozarbayjon Qorabog‘dagi strategik hududlarni egallaganini e’lon qildi

Ozarbayjon Qorabog‘dagi strategik hududlarni egallaganini e’lon qildi
Ozarbayjon qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi bir nechta strategik hududlarni egallab oldi, deb xabar qildi mamlakat mudofaa vazirligi.

«Ozarbayjon qurolli kuchlari Agderin yo‘nalishi bo‘yicha Madagiz atrofida bir qator strategik hududlarni egallab oldi va ularni nazorat qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni ertalab Tog‘li Qorabog‘da Armaniston-Ozarbayjon mojarosi avj oldi va ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida qurolli janglar boshlangandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)