Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Trampda koronavirus aniqlangani haqidagi xabarning ta’siri nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda sezildi.
Financial Times'ning yozishicha, AQSHning S&P 500 (500) indeksi 0,4 foizga arzonlagan. S&P Standard & Poor’s indeksining kengaytmasi hisoblanadi. U AQSHning 500 ta eng yirik kompaniyasidan tarkib topgan AQSH milliy indeksi. Apple, Tesla va Microsoft'ning narxi pasaygani sabab Nasdaq indeksi ham 1,5 foizga pastlagan.
Shundog‘am pasaygan neft narxi Trampda koronavirus aniqlangani haqidagi xabardan keyin yana tushdi. Masalan, Brent neftining narxi 2,8 foizga arzonladi va savdolarda 1 barreli uchun 39,78 dollardan sotila boshlandi.
Trampning virus yuqtirgani haqidagi xabardan keyin nafaqat AQSHda, balki Yaponiya va Avstraliyada ham indekslar pasaygan. Thorpe Abbotts Capital rahbari Jeff Xenriksen bu borada shunday deydi: «Tramp virus yuqtirgani koronavirusni yana investorlar muhokamasining asosiy mavzusiga aylantirdi. Bu AQSHdagi saylovlar oldidan mamlakatda ikkilanish holatini ham keltirib chiqardi».
Tramp 2 oktabr kuni o‘zida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edi. U oldinroq saylov kampaniyasi doirasida unga hamrohlik qilgan maslahatchilaridan biri Houp Hiksda koronavirus aniqlangani sabab karantinga ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi