17:00 / 04.10.2020
2 880

Ozarboyjon o‘z hududi Tog‘li Qorabog‘dan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi

Ozarboyjon o‘z hududi Tog‘li Qorabog‘dan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Ozarboyjon Armaniston qurolli kuchlarini Fuzuliy tumani hududiga raketa zarbalari yo‘llashda aybladi. «Interfaks» xabariga ko‘ra, Ozarboyjon mudofaa vazirligi Terter tumani va Agdam qishlog‘iga ham artilleriyadan o‘t ochilgani haqida xabar bergan. Vazirlik mos ravishda javob qaytarilganini ma’lum qilgan.

Armaniston Ozarboyjon hududini o‘qqa tutgani haqidagi xabarlarni rad etgan, o‘z navbatida Ozarboyjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ markazi — Stepanakertdagi tinch aholi vakillarini nishonga olganini bildirgan. Tog‘li Qorabog‘ rasmiylari esa Ozarboyjonning Ganjadagi harbiy aeroporti yo‘q qilinganini bildirgan. Ozarboyjon tomoni bu ma’lumot bo‘yicha hozircha izoh bermadi.

Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida 1990-yillardan buyon saqlanib qolayotgan mojaro sentabr oyi oxirida yana avj ola boshladi. Tomonlar bir-birini provokatsiyada va artilleriya orqali o‘t ochishda aybladi. Ikki tomon ham o‘z hududida harbiy holat e’lon qilgan. 2 oktabr kuni Armaniston tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini ma’lum qildi, Ozarboyjon va Turkiya rad javobi berdi.

Ozarboyjon Bosh prokurori Kamran Aliyevning ma’lumot berishicha, Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 27 sentabrdan beri 19 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, shu vaqtgacha 63 kishi jarohat olgani qayd etilgan.

Ozarboyjon fuqarolarining o‘limi, ularning yaralanishi, mol-mulkiga zarar yetkazilishi faktlari bo‘yicha mamlakatning beshta mintaqasida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 12ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq ikki tomon ham bir-birining yo‘qotishlari haqida xabarlar tarqatgan, bu xabarlarda ikki tomon ham minglab harbiysidan ayrilgani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjon o‘z hududi Tog‘li Qorabog‘dan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi