22:53 / 04.10.2020
2 140

Gavayida ishsizlarning restoranda ovqatlanishi uchun 500 dollardan pul ajratiladi

Gavayida ishsizlarning restoranda ovqatlanishi uchun 500 dollardan pul ajratiladi
Foto: Esquire
Gavayida ishsizlar restoranda taomlanishi uchun 500 dollardan pul beriladi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

2020 yil 20 oktabrdan 15 dekabr sanasiga qadar ishsiz aholi 500 dollarlik Hawaii Restaurant Card’dan foydalanishi mumkin. Ushbu mablag‘ sovg‘a kartasi tamoyilida ishlaydi, pul tugaganidan so‘ng uni to‘ldirishning imkoni bo‘lmaydi.

Hawaii Restaurant Card faqat davlat restoranlari uchun amal qiladi, shuningdek, mablag‘ni nafaqat ovqatlanishga, balki choy va spirtli ichimliklar uchun ham sarflash mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 100 mingga yaqin kishi restoran kartalariga ega bo‘ladi. Umuman olganda, hokimiyat ushbu tashabbus uchun 75 million dollar ajratadi. Shunday qilib, rasmiylar koronavirus pandemiyasi tufayli ishdan ayrilgan yoki ish topa olmayotgan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bundan tashqari, restoran, mahalliy fermer, yetkazib beruvchi va boshqalar tashabbus asosida ko‘mak oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gavayida ishsizlarning restoranda ovqatlanishi uchun 500 dollardan pul ajratiladi