20:16 / 05.10.2020
3 166

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ mojarosi faqat harbiy yo‘l bilan hal etilishini ma’lum qildi

Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ mojarosi faqat harbiy yo‘l bilan hal etilishini ma’lum qildi
Foto: «TASS»
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga harbiy yechim yo‘q, degan bayonotga qo‘shilmaydi. Bu haqda «Interfaks» xabar qilmoqda.

«Men mojaroning harbiy yechimi yo‘qligini ko‘p eshitganman. Birinchidan, men bunga qo‘shilmayman. Ikkinchidan, agar harbiy yo‘l bo‘lmasa, unda bizga noharbiy – diplomatik yo‘lni ko‘rsating. BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlarini bajaring», – dedi Aliyev Al-Arabiya telekanaliga bergan intervyusida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar 1992 yildan beri olib borilmoqda.

«Ushbu 28 yil ichida qanday diplomatik yechim bor edi? Mediatorlar yoki boshqa xalqaro tashkilotlar bizga mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishni taklif qildimi? Yo‘q. Ular bu mojaroni muzlatib qo‘ydi.

Biz qancha vaqt chidashimiz kerak? Yana 30 yilmi? Agar xalqaro hamjamiyat qabul qilingan rezolyutsiyalarni bajarilishini ta’minlay olmasa, Ozarbayjon buni o‘zi amalga oshiradi va bu aynan hozir sodir bo‘lmoqda
», – deydi Ozarbayjon rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da harbiy mojaro 27 sentabrda qayta boshlandi. Hozirda keng ko‘lamli harbiy harakat boshlanmagan bo‘lsa-da, tomonlar bir-birining pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda.

Hozirda Ozarbayjon hukumati Tog‘li Qorabog‘ga tutash qishloq va Jabroil shahrini egallaganini ma’lum qildi. Lekin Armaniston Jabroil shahri egallanganini rad etdi.

Mojaro oqibatida tinch aholi vakillari ham halok bo‘lmoqda. Ozarbayjonning ma’lum qilishicha, mojaro qayta boshlangandan beri 22 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Xorijiy davlatlar, xususan, AQSH, Rossiya va Fransiya mojaroni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda va ular bu mojaro oqibatida mintaqada notinchlik yuzaga kelishidan xavotirda.

Xususan, Fransiya Prezidentni Emmanuel Makron Tog‘li Qorabog‘da turkiyalik harbiylar va 300 nafar suriyalik jangarilar ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ mojarosi faqat harbiy yo‘l bilan hal etilishini ma’lum qildi