19:30 / 07.10.2020
3 516

Ronaldu Jorjinaning oldida uyalib qoldi. Amerikalik model Krishtianu uni zo‘rlaganini aytmoqda

Ronaldu Jorjinaning oldida uyalib qoldi. Amerikalik model Krishtianu uni zo‘rlaganini aytmoqda
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2009 yilda sodir etilgan voqea uchun sudga tortilishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, 2018 yilning kuzida amerikalik model Ketrin Mayorga Ronalduni 2009 yilda o‘zini zo‘rlashda ayblab, buni ovoza qilmaslik uchun 375 ming dollar to‘laganini oshkor qilgandi. Ronalduning o‘zi ham model qizga pul to‘laganini tan olgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mayorga mantiq testidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Chunki bu jarayon 36 yoshli ayolning o‘zaro sirni oshkor qilmaslik haqidagi kelishuvning mohiyatini qay darajada anglashini aniqlash uchun kerak.

Ayni paytda Mayorga kelishuv shartlarini to‘la anglamaganligini ma’lum qilib o‘zining harakatlarini oqlamoqda. Agar ish uning foydasiga hal bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu Las-Vegas sudiga chaqirtiriladi.

Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges bilan to‘rt nafar farzandini tarbiyalab, tinch hayot kechirayotgan edi. Endi oilaviy muhitdan suratlarni muxlislar e’tiboriga havola qilishni yoqtiradigan bu juftlikning o‘zaro munosabatlari buzilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)