10:10 / 09.10.2020
3 780

Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi shartini ma’lum qildi

Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi shartini ma’lum qildi
Foto: Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikada davom etayotgan noroziliklar ortida xalqqa murojaat qildi. U mamlakatda yangi parlament saylovlari o‘tkazilishi va avvalgi hukumatni iste’foga chiqarish kerakligini aygan. Jeenbekov ijrochi hokimiyat organlariga qonuniy rahbarlar tasdiqlangandan keyin o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini ta’kidlab o‘tgan.

Men uchun hech qanday lavozim davlat yaxlitligi, xalq birdamligi va jamiyatning osoyishtaligidan ustun emas. Biz yuzaga kelgan vaziyatni imkoni boricha tezroq qonuniy yo‘lga qaytarishimiz lozim. Ijrochi hokimiyat organlariga qonuniy rahbarlar tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘liga turgach, men prezident lavozimidan ketishga tayyorman”, deb aytilgan Jeenbekov bayonotida.

Jeenbekovning ta’kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyatda mamlakat kritik nuqtaga yetgan. U siyosiy inqirozdan chiqish uchun yuz berayotgan kadrlar o‘zgarishiga qonuniy kuch berish kerakligini aytgan. Jeenbekov parlamentning tegishli qaroridan keyin hukumatni iste’foga chiqarish haqidagi farmonni imzolashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bosh vazir va hukumat a’zolari tayinlanishiga qonuniylik berish uchun Jogorku kenesh qarori va prezident farmoni zarur. Men tegishli farmonlarni imzolashga tayyorman, Jogorku keneshdan qarorlarni kutib qolaman”, deb qo‘shimcha qilgan Qirg‘iziston prezidenti.

Jeenbekov, shuningdek, parlament - Jogorku keneshga yangi saylovlar o‘tkazish lozimligini aytgan. “Jogorku keneshga saylovlar natijalari bekor qilindi. Endi yangi parlament saylovlari belgilanishi kerak. Bu boradagi qarorni markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi. Bu choralar hozirgi siyosiy keskinlikni pasaytirishi kerak”, deb aytgan Jeenbekov.

Qirg‘izistondagi siyosiy inqiroz 4 oktabrda o‘tgan parlament saylovlari natijalari e’lon qilingandan beri davom etmoqda. Parlamentdagi 120 o‘rin uchun 16 partiya kurash olib borgan. Biroq parlamentga o‘tish uchun zarur ovozlarni 4 ta partiyagina to‘play olgan. Shundan keyin minimal zarur ovoz to‘play olmagan partiyalar tarafdorlari norozilik namoyishlari boshlashgan.

Natijada Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi saylovlar natijalarini bekor qilgan. 6 oktabrda Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov istefoga chiqishga qaror qilgan, biroq keyinroq o‘z lavozimiga qaytishini ma’lum qilgan. Bu orada parlament bosh vazir lavozimiga Sadir Japarovni tayinlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi shartini ma’lum qildi