11:43 / 09.10.2020
3 513

Janubiy Koreyada 33 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)

Janubiy Koreyada 33 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)
Kadr: Twitter
Koreyaning janubi-sharqidagi Ulsan shahrida 33 qavatli turar joy osmono‘par binosi yonib ketdi, deb xabar berdi Yonhap. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tasvirlarda binoning deyarli barcha qavati yonayotgani aks etgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 8 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da boshlangan. Kechasi kuchli shamol tufayli uni o‘chirishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lum qilinishicha, 88 kishi tutundan zaharlangan holda kasalxonalarga yetkazilgan. Binodagi aluminiy kompozit panellari orasidagi ko‘mir vaqti-vaqti bilan alangalanishi sababli ham yong‘inni bartaraf etish qiyinlashgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada 33 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)