17:30 / 09.10.2020
4 870

O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi

O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi
Foto: kloop.asia
Davlat chegarasidan noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tgan qirg‘izistonlik amaldor qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘z yurtidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani hokimi Tilak Matraimov bo‘lib, u o‘zbek-qirg‘iz chegarasini ajratib turgan daryo orqali O‘zbekistonga o‘tayotganda davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushlangan paytda hokim bilan birga uning o‘g‘li va shaxsiy tansoqchisi bo‘lgani aytiladi.

O‘zbek chegarachilari 9 oktbyar kuni T. Matraimov va uning hamrohlarini qo‘shni davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organiga topshirgan.
Aytilishicha, Matraimov Qirg‘izistonda katta ta’sirga ega sulola vakili hisoblanadi. Uning yaqin qarindoshlari davlatning yuqori lavozimlarida ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi