Foto: «BitukMedia»
Toliqish, mushaklardagi og‘riq, oyoqlarda pufakchalarning paydo bo‘lishi koronavirus darakchilari bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Daily Mail» britaniyalik olimlar Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maslahat guruhi (SAGE)ga taqdim etgan hisobotga asoslanib xabar berdi.
Mutaxassislarga ko‘ra, bu alomatlar kasallik yuqtirganlarning yoshi va organizmi xususiyatlariga qarab turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Biroq Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, test olish markazlari gavjumlashib ketmasligi uchun, yangi alomatlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga qo‘shmadi.
Mamlakatda yuqori darajali isitma, surunkali yo‘tal va hid bilishning uzoq muddatli yo‘qolishi kovidning alomatlari sifatida rasman tan olingan.
Pandemiya boshlanganidan beri Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasi 570 ming kishida aniqlandi, 42 mingdan ortiq odam vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirusning yangi alomati ma’lum qilindi

AQSHning bosh infeksionisti mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq muammo jiddiy ekanligini aytdi

Butun dunyo bo‘ylab 24 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

AQSHda bir sutka ichida mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etdi

Hid va ta’m bilish sezgisining yo‘qolishi ham koronavirus yuqtirganlik alomatimi?

Britaniyalik shifokorlar koronavirusga chalinishning yana bir alomati haqida ma’lum qilishdi