08:53 / 11.10.2020
2 655

Shimoliy Koreya yangi ballistik raketasini namoyish etdi

Shimoliy Koreya yangi ballistik raketasini namoyish etdi
Foto: Rodong Sinmun
Mehnat partiyasining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda Shimoliy Koreya yangi qit’alararo ballistik raketasini namoyish etdi, deb xabar berdi Reuters Shimoliy Koreya televideniyesiga tayanib.

Agentlikning yozishicha, raketani Shimoliy Koreyada bunday yukni tashish uchun mo‘ljallangan eng katta yuk transporti olib o‘tgan, uning 22ta g‘ildiragi bo‘lgan.

Paradda bir nechta ballistik raketa olib o‘tilgan. Lavhalardan birida bortida Pukguksong-4 yozuvi bo‘lgan raketa aks etgan. Suvosti kemalari ballistik raketalari turkumi ana shunday nomlanadi.

KXDRda qit’alararo ballistik raketalar qatnashgan parad 2018 yildan buyon birinchi marta o‘tkazildi.

Yonhap agentligining yozishicha, Pxenyan yangi strategik qurollarini namoyish etilishi avvaldan kutilgan, chunki KXDR rahbari Kim Chen In bu haqda o‘zining yangi yil murojaatida aytib o‘tgan.

Janubiy Koreya qo‘shni mamlakat paradda namoyish etgan qurollar o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yangi ballistik raketasini namoyish etdi