10:00 / 11.10.2020
2 457

Tojikistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Tojikistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Sputnik/Alexey Kudenko
11 oktabrda Tojikistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident lavozimiga 5 nomzod, jumladan amaldagi prezident Imomali Rahmon kurash olib boradi.

Shu munosabat bilan saylov uchastkalari soat 6dan o‘z ishini boshlagan va soat 20gacha ishlaydi. Hammasi bo‘lib respublikada 3375 ta, 29 ta xorijiy davlatda esa 39 ta saylov uchastkasi faoliyat olib boradi.

Saylovlarda 4,9 mlndan ko‘proq kishi ishtirok etish huquqiga ega.

Prezident lavozimiga 5 nomzod kurash olib boradi: amaldagi prezident Imomali Rahmon, kommunistlardan Miroj Abdulloyev, Sotsialistik partiyadan Abduhalim G‘afforzoda, agrariylardan Rustam Latifzoda va Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda.

Respublikada pandemiya sharoitida saylovlar o‘tkazilishiga jiddiy yondashilib, barcha uchastkalarda dezinfeksiyalovchi vositalar, qo‘lqoplar va tibbiy niqoblar zaxiralari tayyorlab qo‘yilgan. Uchastkalarga kiruvchi barchaning tana harorati o‘lchanadi, har 2-3 soatda sanitar ishlov o‘tkaziladi.

Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun saylovchilarning kamida 50 foizining ovozini to‘plash kerak. Bunda saylovlardagi ishtirok 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Prezident o‘z lavozimini qatorasiga ikkita 7 yillik muddat egallash huquqiga ega. Biroq bu qoida 1994 yildan beri respublikani boshqarib kelayotgan Imomali Rahmonga nisbatan amal qilmaydi. 2013 yilda o‘tgan saylovlarda Rahmon ovoz beruvchilarning 86,64 foizlik ishtirokida 83,92 foiz ovoz to‘plagan.

Saylovlar o‘tishi ortidan MDH, SHHT, O‘zbekiston, Rossiya va YEXHTdan 122 nafardan ko‘proq vakil kuzatib boradi.
Saylovlarning dastlabki natijalari 12 oktabrda, yakuniy natijalari esa 10 kun ichida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda