20:53 / 11.10.2020
3 436

Rossiyalik erkak politsiya bo‘limiga tirik timsoh olib keldi (foto)

Rossiyalik erkak politsiya bo‘limiga tirik timsoh olib keldi (foto)
Foto: Esquire
Rossiyaning Vologda viloyati mahalliy politsiya bo‘limiga sobiq jazo muddatini o‘tagan fuqaro tirik timsoh solingan sumka bilan keldi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» xabar berdi, deb yozadi Esquire.

Muddatidan avval ozod qilingan erkak politsiya kuzatuvida bo‘lgan. U «uchastkavoy»ga ro‘yxatdan o‘tish uchun kelgan. Fuqaro suhbat davomida birdaniga turar joyini o‘zgartirish, masalan, Sochiga ko‘chish istagini bildirgan.

Foto: Esquire
Politsiya xodimlari tomonidan bunday fikrga kelishiga nima sabab bo‘lgani so‘ralganida fuqaro do‘sti Gosha sovuq qotayotganini aytib, sumkasidan tirik timsohni chiqargan. Timsohning uzunligi dumi bilan qo‘shib hisoblanganda 1 metrdan uzunroq bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Foto: Esquire
Ta’kidlanishicha, doimiy turar joyga ega bo‘lmagan sobiq mahbus to‘g‘ri kelgan joyda tunaydi. U timsohni Arxangelsk viloyatida uy hayvoni sifatida sotib olgan. Ammo Rossiya fuqarolariga timsoh va boshqa yovvoyi hayvonlarni, ba’zi mustasno holatlardan tashqari, uyda boqish ta’qiqlangan. Qolaversa, timsohlar maxsus haroratga ega keng hovuzli terrariumlarda saqlanishi kerak.

Foto: Esquire
Shu sabab unga rad rad javobi berilib, timsoh olib qo‘yilgan. Hayvon yangi uy topilguniga qadar politsiya xonalaridan birida yashab turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik erkak politsiya bo‘limiga tirik timsoh olib keldi (foto)