23:53 / 11.10.2020
2 646

Burundida to‘ydan qaytayotgan yuk mashinasi daryoga qulab, 16 kishi halok bo‘ldi

Burundida to‘ydan qaytayotgan yuk mashinasi daryoga qulab, 16 kishi halok bo‘ldi
Foto: «Geo-1.ru»
Burundi janubida yuk mashinasining daryoga qulashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotlariga tayanib «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, shanba kuni kechasi to‘y marosimidan odamlarni olib qaytayotgan yuk mashinasi Makamba provinsiyasida yog‘och ko‘prikdan o‘tib ketishga uringan. Biroq qurilma yuk mashinasining og‘irligini ko‘tarolmay, sinib ketgan. Natijada transport vositasi daryoga qulagan.

Ta’kidlanishicha, mashina haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida: Burundi Sharqiy Afrikada joylashgan bo‘lib, shimolda Ruanda, g‘arbda Kongo, sharq va janubi-sharqda Tanzaniya bilan chegaradosh. Dengiz chiqish yo‘li yo‘q. Faqat janubi-g‘arbda Tanganika ko‘li joylashgan. Maydoni — 27 830 km². Aholisi — 11 865 821. (2020). Poytaxti Gitega (2019 yildan). Eng katta shahri: Bujumbura.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burundida to‘ydan qaytayotgan yuk mashinasi daryoga qulab, 16 kishi halok bo‘ldi