08:13 / 12.10.2020
3 565

Xitoy koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qanday qutulib qolgani ma’lum bo‘ldi

Xitoy koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qanday qutulib qolgani ma’lum bo‘ldi
Foto: «Newsfortomorrow.com»
Oxirgi 19 yildan beri Xitoyda yashovchi rossiyalik Andrey Mironov Xitoy yangi koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqinidan qanday qutulib qolganini tushuntirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gonkongda vaqti-vaqti bilan virus tarqalib turibdi, lekin ular shu zahoti bartaraf etilmoqda. Mironovning fikricha, hammasi tizimning yaxshi yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanadi.

Shaharliklarning tana harorati muntazam tekshirib turiladi, hamma joyda himoya vositalari talab etiladi, hammaning telefoniga egasining harakatini kuzatib boradigan dastur o‘rnatilgan.

Maxsus ilova odamning joylashgan joyini aniqlaydi va muayyan hudud kasallanish darajasiga qarab rangli kod bilan qayd etiladi.

«Bu yerda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqaror yaxshi bo‘lib turibdi. Hech qanday ikkinchi to‘lqin kuzatilgani yo‘q... Xitoyliklarda butun tizim yaxshi ishlab chiqilgan, hamma narsa uchun resurslar yetarli. Mutaxassislar hozir ham, kelajakda ham mamlakat sayyoradagi eng xavfsiz joy bo‘lishini tasdiqlamoqda», — deydi Andrey Mironov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qanday qutulib qolgani ma’lum bo‘ldi