09:30 / 12.10.2020
2 718

Imomali Rahmon Tojikiston prezidenti saylovlarida g‘alaba qozondi

Imomali Rahmon Tojikiston prezidenti saylovlarida g‘alaba qozondi
11 oktabrda Tojikistonda o‘tgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Imomali Rahmon katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Rahmonga ovoz beruvchilarning 90,9 foizi yoki 3 mln 837 ming kishi ovoz bergan.

Tojikistonning saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzodaning ma’lum qilishicha, saylovlar pandemiyaga qaramay ochiq-oydin va demokratik muhitda o‘tgan.

Tojikiston prezidenti lavozimiga 5 nomzod kurash olib borgan. Saylovlar natijalariga ko‘ra nomzodlar quyidagicha ovozlar to‘plashgan:

Imomali Rahmon (Xalq demokratik partiyasi) - 3 mln 837 ming 927 yoki 90,9 foiz saylovchilar;

Rustam Latifzoda (Agrar partiya) – 127 ming 746 yoki 3,3 foiz saylovchilar;

Rustam Rahmatzoda (Iqtisodiy islohotlar partiyasi) - 90 ming 587 yoki 2,15 foiz saylovchilar;

Abduhalim G‘afforzoda (Sotsialistik partiya) – 62 ming 835 yoki 1,49 foiz saylovchilar;

Miroj Abdulloyev (Kommunistik partiya) – 49 ming 212 yoki 1,17 foiz saylovchilar.

Tojikistonda hammasi bo‘lib 4 mln 946 ming 289 saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, saylovlarda ulardan 85,3 foizi yoki 4 mln 221 ming 76 kishi ishtirok etdi.

Tojikistonda prezident 7 yillik muddatga saylanadi. Imomali Rahmon ushbu oliy davlat lavozimini 1994 yildan beri egallab keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Imomali Rahmon Tojikiston prezidenti saylovlarida g‘alaba qozondi