Foto: Getty Images
Avstraliyalik olimlar koronavirus banknotalar va smartfonlar ekranlarida 4 haftagacha qolishi mumkinligini isbotlashdi. Bu muddat shunday sirtlarda gripp virusi qolishi mumkin bo‘lgan vaqtdan deyarli 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Avstraliyaning kasalliklarga qarshi kurashish markazi olimlari banknotalar, oyna, sensor ekranlar, metall dasta va tutqichlarda koronavirus bir oygacha qolishi mumkinligini aniqlashdi. Virus “juda bardoshli” bo‘lib, xona haroratida smartfon oynasi va banknotalar kabi silliq sirtlarda 28 kungacha “yashashi” mumkin.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, xuddi shunday sharoitlarda gripp virusining yashovchanligi 17 kunni tashkil qiladi.
Olimlar, shuningdek, koronavirus silliq va g‘ovaksiz sirtlarda paxta kabi murakkab va g‘ovak sirtlarga ega materiallarga nisbatan ko‘proq yashovchan bo‘lishini aniqlashgan. Bundan tashqari, ba’zi sirtlarda harorat oshishi bilan virusning yashovchanligi davri keskin kamayadi, bu esa koronavirus sovuq havoda ko‘proq qolishi haqidagi taxminni tasdiqlaydi.
Taqiqotga ko‘ra, virus zanglamaydigan po‘latdan ishlangan buyumlar, polimer banknotalar, vinil va oynada 20 daraja haroratda 28 kungacha faol bo‘lib qoladi. Harorat 30 darajagacha ko‘tarilganda bu muddat bir haftaga kamayadi, 40 darajagacha oshganda esa 2 kunni tashkil qiladi. Virusning qog‘oz banknotalarda qolishi ham yuqoridagi kabi. Virus paxtada xona haroratida bir hafta, 30 daraja issiqda 3 kun va 40 darajada bir kungina “yashar” ekan.
Virusning oyna va vinilda uzoq vaqt yashashining aniqlanishi muhim hisoblanadi, chunki smartfonlar, bankomatlar va boshqa shunday qurilmalarning sensor ekranlari yetarlicha samarali tozalanmaydi va koronavirus tarqalishi manbaiga aylanishi mumkin. Shuningdek, koronavirusning banknotalarda uzoq vaqt “yashashi” odamlar va hattoki geografik hududlar o‘rtasida faol virusning tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, koronavirusning past haroratlarda zanglamas po‘latda uzoq vaqt qolishi virusning go‘shtni qayta ishlash korxonalari va muzxonalarda keng tarqalishi sababini tushuntirishi mumkin va yangi hamda muzlatilgan mahsulotlarda saqlanib qolishini isbotlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi