17:35 / 12.10.2020
3 565

Kim Chen In yana uzr so‘radi va ko‘z yoshi qildi. Nega?

Kim Chen In yana uzr so‘radi va ko‘z yoshi qildi. Nega?
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In koronavirus epidemiyasi kuchaygan notinch paytlarda mamlakatni yaxshi boshqarolmaganligi uchun kechirim so‘ragan, hatto biroz ko‘z yoshi ham qilgan. Bu haqida «The Guardian» nashri yozmoqda.

Dam olish kunlarida hukmron Koreya ishchilar partiyasining 75 yilligiga bag‘ishlangan ulkan harbiy paradda nutq so‘zlagan Kim, ko‘zoynagini yechib, ko‘z yoshlarini artdi — bu uning rejimiga bosim kuchayayotganidan dalolat, deydi tahlilchilar.

«Bizning odamlar osmon qadar baland va dengiz kabi chuqur darajada menga ishonishdi, lekin men har doim bunga munosib bo‘la olmadim. Buning uchun afsusdaman», — deya undan iqtibos keltirgan «Korea Times» gazetasi.

Poytaxt Pxenyanda bo‘lib o‘tgan paradda yangi qit’alararo ballistik raketa va boshqa harbiy texnikalar namoyish etildi. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, paraddagi qurollar «og‘ir muammolar», «son-sanoqsiz sinovlar» va «misli ko‘rilmagan ofatlar» kabi dahshatli so‘zlar bilan tariflangan.

Shimoliy Koreya, pandemiyada chegaralar yopilishi sababli, Xitoy bilan savdo-sotiq pasayib ketganiga qaramay, virus bo‘yicha bironta holatni qayd etmaganligini ta’kidlamoqda.

AQSH rasmiylaridan biri, Shimoliy Koreyaning AQSH bilan muzokaralar boshi berk ko‘chada turganda yadro va ballistik raketalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishda davom etayotgani «umidsiz» ekanligini aytdi va Pxenyanni «to‘liq yadrosizlantirishga erishish uchun barqaror va mazmunli muzokaralar olib borishga» chaqirdi.

Avvalroq Kim Cheni In KXDRda o‘ldirilgan Janubiy koreyalik amaldor sabab ham uzr so‘ragandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)