21:00 / 12.10.2020
2 266

«Vektor» vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi

«Vektor» vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya virusologiya va biotexnologiyalar markazi «Vektor» tomonidan ishlab chiqilgan vaksina yoshi kattalar va surunkali kasalligi bo‘lgan kishilarga ko‘proq mos keladi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.

Bizning xulosamizga ko‘ra, GNS «Vektor» tomonidan ishlab chiqilgan vaksina katta yoshli, surunkali kasalligi bor odamlarga ko‘proq mos keladi. Bu to‘liq sintetik vaksina bo‘lib, unda tirik oqsil yoki hech qanday virus fragmentlari yo‘q", - dedi Rospotrebnadzor markazi direktori Anna Popova.

Popovaning aytishiga qaraganda, vaksinada sun’iy yo‘l bilan olingan oqsil-tashuvchiga gen muhandisligi uslubi bilan yaratilgan uchta peptid ulangan. Ushbu birikma insonda koronavirusga qarshi immun javob uyg‘otadi. Vaksina mutlaq stabil va o‘zgarmas bo‘lib, insonda hech qanday allergik reaksiya qo‘zg‘amaydi. Bu vaksina sinovning har bir bosqichida hayvonlarda va odamlarda tasdiqlangan.

Popova ushbu vaksina sinovida uning o‘zi ham ko‘ngilli sifatida ishtirok etganini ma’lum qildi. Pollinoz allergiyasi bo‘lishiga qaramasdan - hech qanday reaksiya sezmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)